Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi

    Siyosat 15 Sentabr 2025 1847

    Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga tashrif buyuradi hamda oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.

    Tadbirda davlatimiz rahbari taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshiradi hamda taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchi va murabbiylarni yanada qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.

    Tashrif doirasida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.