“Mahalla beshligi” tizimi o'z samarasini berayotgani qayd etildi.
Lekin bu bilan to'xtab qolmaslik, mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirish zarurligi ta'kidlandi.
Bugungi yig'ilishga qadar mas'ullar mahallalarga borib, ulardagi haqiqiy holatni o'rgandi, joylardan takliflarni to'pladi.
Aniqlanganidek, “beshlik” yagona jamoa sifatida ishlamayapti, har biri o'z vazirligiga hisobdor. Xususan, ijtimoiy daftarlardagi mablag'larni to'g'ri taqsimlashda “beshlik”ning hamkorligi, mahalla raisining o'rni bilinmayotgani ko'rsatib o'tildi.