"Hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini transformatsiya qilish, oʻquv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish, yer hisobini yuritish sohasidagi ishlar natijadorligi yuzasidan taqdimotlar oʻtkazilishi moʻljallangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”ga faol tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Jurnalistlarimiz, umuman, xalqimiz uchun qiziqarli yana bir anons: 17-avgust kuni “Yangi Oʻzbekiston” gazetasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi. Gazeta bosh muharriri Salim Doniyorov bilan boʻlgan ushbu suhbatda Oʻzbekistonning oxirgi 5 yillikdagi rivojlanish yoʻli, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqidagi soʻz boradi. Ishonchim komilki, bu suhbat keng qamrovliligi, faktlarga boyligi va dasturiy ahamiyatga egaligi bilan barcha vatandoshlarimizda, shuningdek, xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uygʻotadi, dedi Prezident matbuot kotibi.