Unda Preident Shavkat Mirziyoyev joriy haftada ishtirok etadigan xalqaro rasmiy tadbirlar haqida maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban mamlakatimizga kelib, turli sohalarga doir hamkorlik uchrashuvlarini oʻtkazadi.
Ertaga Prezidentimizning Viktor Orban bilan uchrashuvi belgilangan.
Shuningdek, davlatimiz rahbari shu haftada Turkiy tilli davlatlar kengashining norasmiy sammitida ham ishtirok etib, nutq soʻzlaydi.
Sammit videoanjuman shaklida oʻtadi.