Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti boshlandi

    Avvalo, alohida oʻrnak koʻrsatgan taʼlim sohasi xodimlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

    Prezident mamlakatimizning barcha taʼlim-tarbiya xodimlarini Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etib, davlat mukofotlarini oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.

    Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilayotgani taʼkidlandi.

    Bosh maqsadi yangi zamon kishisini, Yangi Oʻzbekiston yoshlarini tarbiyalash boʻlgan taʼlim va tarbiya sohasi uchun bu vazifa alohida ahamiyat kasb etadi.

    “Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, bilimli va bunyodkor avlodni kim tarbiyalaydi? Albatta, sizlar – zahmatkash va jonkuyar ustozlar.

    Buning uchun avvalo oʻqituvchining oʻzi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli taʼminlangan boʻlishi kerak.

    Shundagina u oʻzining chinakam insoniy va kasbiy fazilatlarini amalda namoyon qila oladi”, — dedi Prezident.