«Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez surʼatlar bilan oʻsib, barcha sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, hech shubhasiz, siz yoshlarning ham munosib hissangiz bor.
Bilagida kuch-gʻayrat, har bir harakatida azmu shijoat joʻsh urgan yigitlarimizni, bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni koʻrib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi.
Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?
Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, taʼlim, IT, madaniyat, sanʼat va sportdagi yutuqlarini koʻrib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda», — dedi Prezidentimiz.









