Mahallada “yettilik” tizimi joriy qilinib, kredit, subsidiya, kompensatsiya, moddiy yordam ajratish kabi 100 dan ziyod xizmatlar mahalla darajasiga tushirilgani hisobiga 7,5 million fuqaro kambagʻallikdan chiqdi, ishsizlik darajasi 2 barobar qisqardi. Shuningdek, 3,5 ming mahalla qiyofasi zamonaviy koʻrinishga keldi.
Mahalla raislarining vakolat muddati 3-yildan 5-yilga uzaytirildi. Ular boshchiligida “yettilik” vertikal tizimi yaratildi, yetarli sharoit, resurs va vakolatlar berildi.
Mahalladagi har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, ish oʻrni yaratish uchun mahallalarga bankir va soliqchilar bogʻlab berildi, infratuzilmaga ham alohida mablagʻ ajratilmoqda.
Davlatimiz rahbari bulardan samarali foydalanib, natija koʻrsatayotgan mahallalar koʻpligi, lekin ayrimlari yagona jamoa boʻlib ishlab ketishni haligacha oʻrganmaganini koʻrsatib oʻtdi.
“Norin tumanidagi Shoʻrariq mahallasiga borganim viloyat hokimlari, respublika, viloyat, tuman rahbarlari, «yettilik”ni koʻzini ochib, ularni sifat va kompetensiyani oshirishga undashi kerak», – dedi Prezident.









