Birgina Onkologiya markazining Toshkent shahar filialida 828 million soʻm, Toshkent pediatriya instituti klinikasi mansabdorlari 423 million soʻm mablagʻlarni oʻzlashtirib yuborgan.
Shuningdek, Jondor tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻi 1 milliard soʻmdan ortiq noqonuniy sarf-xarajatlarga yoʻl qoʻygan.
– Bunday misollarni har bir viloyat, tuman va shahar kesimida koʻplab keltirish mumkin. Shuning uchun, sohada “qonun ustuvor va jazo muqarrarligi”ni taʼminlash boʻyicha Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari Valiyev taʼsirchan nazorat tizimini oʻrnatishga masʼul boʻladi, – dedi Prezidentimiz.
Tegishli mutasaddilarga ajratilayotgan mablagʻlar joylarga manzilli yetib borishi, dori-darmon, tibbiyot uskunalarini ochiq-oshkora sotib olinishi, taqsimlanishi, pullik xizmatlardan tushumlarni maqsadli ishlatilishini taʼminlaydigan mexanizmlarni joriy qilishi boʻyicha ham topshiriqlar berildi.