Prezident tabrigi qaldirgʻochlarga yetkazildi

    Mamlakatimizda 25 May 2021 2446

    Bugun tarixiy kun! Prezidentimiz mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk bora yoshlarga “Soʻngi qoʻngʻiroq” tabrigini yoʻlladilar va aynan shu tabrikni oʻqib eshittirish esa mutasaddi rahbarlarga yuklatildi.

    Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov ham oʻzi taʼlim olgan Karmana tumanidagi 21-sonli maktabdagi “Soʻngi qoʻngʻiroq” bayram tadbiriga qatnashib, yurtboshimiz tabrigini bitiruvchi yoshlarga oʻqib eshittirdi.

    “Bugungi bayram munosabati bilan sizlarga, butun mamlakatimiz yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman: hech qachon unutmang, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar.

    Sizlarning hayotda oʻz munosib oʻrningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini toʻla safarbar etadi”, — dedi tabrik soʻngida viloyat hokimi Qobiljon Beknazarovich, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.