Tumanda yangi davolash usulini joriy qilgan shifokorlar 21 million soʻmdan mukofot oladi.
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15-yil ishlagan tibbiyot xodimlariga sanatoriylarga bepul yoʻllanma beriladi, davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan farzandining bir yillik kontrakt summasiga 30 foiz chegirma taqdim etiladi, har yili faoliyatida alohida natijalarga erishgan 500 nafariga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi kompensatsiya qilinadi.
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3-yillik stajga ega tibbiyot xodimlariga zarurat tugʻilganda yiliga bir marta yuqori texnologik ixtisoslashgan tibbiy yordam bepul koʻrsatiladi.
Xalqaro tan olingan indekslanuvchi jurnallarda ilmiy maqola chiqarishga sarflangan xarajatlar toʻliq qoplab beriladi.









