Prezident tomonidan “Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi

    Mamlakatimizda 24 Iyul 2021 919

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–702-son, 23.07.2021-y.) imzolandi.

    Qonunga muvofiq, fazoviy maʼlumotlar fazoviy obyektlar toʻgʻrisidagi, ularning joylashuvi, shakli, xossalari xaqidagi maʼlumotlardan iborat.

    Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi fazoviy maʼlumotlar sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

    Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirishga doir faoliyatning muvofiqlashtirish maqsadida Kadastr agentligi huzurida Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

    Fazoviy maʼlumotlar bazaviy va sohaga oid fazoviy maʼlumotlarga boʻlinadi.

    Fazoviy maʼlumotlar va metamaʼlumotlar davlat organlariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun – begʻaraz asosda, boshqa foydalanuvchilarga esa – Kadastr agentligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan miqdorlardagi haq evaziga taqdim etiladi.