“Endryus” aviabazasida davlatimiz rahbarini AQSH Davlat kotibining oʻrinbosari Kristofer Landau, AQSH – Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 5-6-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Prezidenti Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammitida ishtirok etadi.
Tadbirlar dasturidan AQSH Kongressi va hukumati vakillari bilan muzokaralar, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalarining rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar hamda ishbilarmon doiralar ishtirokidagi davra suhbati ham oʻrin olgan.












