O‘zbekiston Prezidenti Tojikistonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari 9-10-oktyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

    Tadbirlar kun tartibidan ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.