O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

    Siyosat 21 Avgust 2025 2868

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22-avgust kuni "Ozarbayjon - Turkmaniston - O‘zbekiston" formatidagi uch tomonlama sammitda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

    "Avaza" milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan tadbir kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

    Davlatimiz rahbari sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.