O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi

    Hukumat 10 Oktabr 2024 2640

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi.

    Davlatimiz rahbarini aeroportda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    Asosiy tadbirlar ertaga, 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

    O‘zbekiston yetakchisi turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan " Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi" xalqaro forumining yalpi majlisida nutq so‘zlaydi.

    Davlatimiz rahbari tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.