Turkmanistonning insonparvarlik g‘oyalari, tinchlik, bunyodkorlik va ezgulik tamoyillariga sodiqligini ifodalovchi Betaraflik va «Betaraflikning 30-yilligi» yodgorliklarini o‘z ichiga olgan majmua hamda unga tutash landshaftli bog‘ Turkmaniston doimiy betarafligining 30-yilligi va Xalqaro tinchlik hamda ishonch yilini nishonlashga tayyorgarlik doirasida qayta qurildi va tantanali ravishda ochildi.
Prezidentimiz boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga monument poyiga gul qo‘ydi.








