Prezident viloyatdagi imkoniyatlarni ishga solish boʻyicha vazifalarni belgilab berdi

    Sayxunobod tajribasi asosida mahallalarda jami 4 mingta xonadonni tanlab olib, ularning daromadini oshirish choralari koʻriladi.

    Keyingi bosqichda yana 4 mingtasiga moliyaviy, texnik, maslahat va boshqa koʻrinishdagi amaliy yordam beriladi.

    Shu tartibda, 35 ming xonadonga gulchilik, issiqxona, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, uzumchilik, qulupnay, kartoshka yetishtirishga koʻmaklashiladi. Bunga yetarli miqdorda kredit ajratish rejalashtirilgan.