Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning avgust oyigacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib, murojaatchilar bilan muloqot oʻtkazishadi.
Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda oʻtkaziladi. Navbatdagi qabullar manzili – Andijon va Fargʻona viloyatlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi Fargʻona viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi Andijon viloyatida joriy yilning 21-24-aprel kunlari ish olib boradi.
Ommaviy qabullar oʻtkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.
Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan maʼlum qilinadi. Qoʻshimcha maʼlumotlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.