Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi Xalq qabulxonalari ham ushbu savobli ishlardan chekkada qolmadi, zudlik bilan yetib borib, amaliy yordam koʻrsatishni boshlab yubordilar. Jabr koʻrgan insonlarni zaruriy mahsulotlar, boshpana bilan taʼminlash ishlari olib bormoqdalar.
Xususan, Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan bir necha yuk avtomashinalarida jami qiymati 50 million soʻmdan ziyod kundalik ehtiyoj uchun zarur boʻlgan kartoshka, piyoz, karam, sabzi, un, goʻsht, yogʻ, makaron, turli konserva va shirinliklar, shakar, tuxum, guruch, sut mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlar bilan birga issiq kiyim-kechaklar, roʻzgʻor buyumlari, gigiyenik vositalar, badiiy kitoblar, oʻquv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga yetkazildi.
Shu bilan bir qatorda Prezident Xalq qabulxonalari xodimlari Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari idoralari vakillari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan zarar koʻrgan hududlar aholisi muammolarini oʻrganib, zudlik bilan joyida hal etmoqda.
Talab etilgan joylarda qurilishi, taʼmirlash ishlarida ham faol ishtirok etmoqdalar. Yuzdan ziyod xonadonlarga kerakli boʻlgan barcha qurilish anjomlarini, mahsulotlarini yetkazib, quruvchi mutaxassislar bilan, el bilan bunyodkorlik ishlarida yelkama-yelka mehnat qilmoqdalar.
Bu ofatni albatta hamjihatlik, matonat, birlik bilan yengib oʻtamiz. Sardobaliklarning davlatimiz va olijanob xalqimiz koʻmagida tez orada yana hayotlarini oʻz iziga tushirib olishlariga ishonammiz. Buning uchun esa Prezident Xalq qabulxonalari bir zumga boʻlsa ham oʻz shijoatlarini, mehnatlarini susaytirmaydi.