Oila boshligʻi rafiqasi Ziyoda opa bilan ikki farzandni voyaga yetkazgan. Hovli obod. Uy zamonaviy qiyofaga ega, tomiga quyosh panellari oʻrnatilgan. Shuningdek, energiya tejamkor alohida isitish tizimi barpo etilgan.
Soʻnggi yillarda Xonobodda turizm rivojlanmoqda. Infratuzilma yaxshilanib, sayyohlar jalb etilmoqda. Bu imkoniyatlardan foydalanib, xonadonda uy mehmonxonasi tashkil etilgan.
S.Usmonov qishloq xoʻjaligi mutaxassisi. Ular qoʻziqorin yetishtirish bilan ham shugʻullanadi.
Prezidentimiz bunday omilkorlikni maʼqullab, boshqa joylarda ham qoʻllash muhimligini taʼkidladi.
- Har bir mahallaning oʻz imkoniyatlari, anʼanalari, odamlarning xohish-istaklari bor. Mahalla uyushmasi va iqtisodiy kompleks vakillari ularni aniqlab, qoʻllab-quvvatlasa, aholini band qilish, daromad manbai yaratish mumkin. Shuning uchun hamma masʼullarni quyi boʻgʻinga tushirib, hududlarni mahallabay rivojlantirishga eʼtibor qaratayapmiz, - dedi Prezident.