Prezident yangi uy sohiblari bilan suhbatlashdi

    Hukumat 22 Yanvar 2021 4119

    Davlatimiz rahbari Buxoro shahrining Nizomiy mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib koʻrdi.

    Ilgari bu hududda pana-pastqam, kanalizatsiyasi yoʻq uylar boʻlib, shahar koʻrkini buzib turardi. Oʻtgan yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari barpo etildi.

    Shavkat Mirziyoyev mehnat faxriysi Neʼmat ota Xotamov xonadoniga kirdi. Dasturxon atrofida dildan suhbat boʻldi.

    Bu oila oldin shu mahalladagi eski uyda istiqomat qilar edi. Endi barcha ushbu zamonaviy mavzeda yashayotganidan rozi.

    Prezident xalqimiz mana shunday zamonaviy sharoitlarda yashashga munosib ekanini taʼkidladi.

    Shu yerda Buxoro viloyatida avtomobil yoʻllari qurish va taʼmirlash, Buxoro shahrida oqova suv inshootlari qurish, eski koʻp qavatli uylar qiyofasini yangilash rejalari haqida axborot berildi.

    Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.