Bugungi kunda mehnat resurslari qariyb 19 million kishiga yetdi, korxonalar soni esa soʻnggi uch yilda 2 baravar oshdi.
Amaldagi Mehnat kodeksi 1995-yilda qabul qilingan boʻlib, oʻshanda xususiy sektor ulushi atigi 21 foiz boʻlgan, hozir 83 foizdan oshgani qayd etildi.
Shu bois, yangi kodeksda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda, aholi bandligini oshirish boʻyicha koʻplab qulay sharoitlar koʻzda tutilmoqda.
Davlatimiz rahbari bu muhim kodeksni qabul qilishdan avval uning ijrosini samarali tashkil qilish asosiy masala ekani taʼkidlandi.
Boʻlayotgan yangiliklarni aholiga, hamma vazirlarga, hokimlarga, 600 mingga yaqin korxona rahbarlariga yetkazish, tushuntirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.