Prezident: yil yakuniga qadar barcha avtobus marshrutlari qayta ko'rib chiqilishi shart

    Transport 31 Yanvar 2023 1003

    Bunda aholi orasida alohida so'rov o'tkazib, ularning fikrlarini olish zarurligi ko'rsatib o'tildi.

    Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1 iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish bo'yicha topshiriq berildi.

    Avtobuslar parkini kengaytirish uchun tashuvchi tadbirkorlarga avtobus parkini yangilashni rag'batlantirish tizimi joriy qilinadi. Jumladan:

    - tashuvchilarni tanlashda avtobusning yangiligiga qarab, yo'nalishda yo'lovchi tashishning kafolatlangan muddatlari 7 yilgacha uzaytiriladi (10 yoshdan oshgan avtobuslar bo'yicha shartnoma tuzilmaydi);

    - tadbirkorlar olib kelgan yangi avtobuslar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ini bo'lib-bo'lib to'lashiga ruxsat beriladi;

    - avtobuslar sotib olish uchun 10 yilgacha muddatga imtiyozli kredit beriladi.