Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva BAA Bosh vaziri oʻrinbosari bilan uchrashdi

    Shu yilning 27-sentyabr kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva BAA Bosh vaziri oʻrinbosari, mudofaa vaziri, Dubay Amirligi valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuv davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi, shuningdek, ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

    — Ishonamanki, yuqori darajadagi forum doirasida oʻtkazilgan bu uchrashuv Oʻzbekiston bilan BAA oʻrtasidagi yaqin va doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, — deydi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.