Prezidenti Shavkat Mirziyoev Moskva shahriga jo'nab ketdi

    Hukumat 8 May 2023 3954

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo'nab ketdi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 78 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

    Tadbirlarda Belarus`, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Armaniston etakchilari ham qatnashishi kutilmoqda.