Bugun davlatimiz rahbari Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazadi.

Ertaga sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

4-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari ishtirokida ko‘p tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tadi.