Prezidentimiz tadbirkorlarga alohida murojaat bilan chiqdi

    Hukumat 18 Avgust 2023 1488

    Lekin soliqlardan qochib, oʻzining majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlarga biz albatta murosasiz boʻlamiz.

    Soʻnggi yetti yildagi soliq islohotlari, tadbirkorlarga berilgan yengillik va imtiyozlar natijasida ularning ixtiyorida 120 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ qoldi. Mana bugun ham juda katta qulayliklar berilmoqda.

    “Xalqimizda “qars ikki qoʻldan chiqadi”, degan gap bor.

    Hozirgi kunda mamlakatimizda “xufiyona iqtisodiyot”ning ulushi 40 foiz atrofida. Biz toʻgʻri ishlayotgan, ish oʻrni yaratayotgan, ilgʻor texnologiyalar joriy qilib, yangi mahsulotlarni oʻzlashtirayotgan, eksportini oshirayotgan biznes vakillari uchun barcha sharoitlarni qilib berishga tayyormiz.

    Lekin soliqlardan qochib, oʻzining majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlarga biz albatta murosasiz boʻlamiz.

    Shu bois tadbirkorlarimiz oʻzlari ham bosh boʻlib, bunday “nopok” ishbilarmonlar saflarida boʻlishiga yoʻl qoʻymasa, oʻylaymanki, “xufiyona iqtisodiyot” ulushini karra-karra qisqartiramiz”, - dedi davlatimiz rahbari.

    Kelgusi yillar uchun belgilab olgan reja va dasturlarimizni amalga oshirish oson boʻlmasligi, lekin hayot sinovlarida toblangan, soʻzida ham, ishida ham qatʼiy, mard va tashabbuskor tadbirkorlarimiz bor ekan, koʻzlangan marralarga albatta erishilishiga ishonch bildirildi.

    Ayni paytda davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ularning fikr va takliflarini tinglamoqda.