– Uch oy ichida to‘lanmagan alimentlar fond tomonidan to‘lanadi, – dedi Alisher Qodirov. – To‘lab berilgan mablag‘ aliment to‘lovchining ozodligini cheklash yoki mehnatga majburlash orqali qoplanadi. Bu bilan aliment olish uchun qiynalib yurgan ayollarning muammosi ijobiy hal etiladi.

Nomzod milliy urf-odat, an’analar, shakllangan qadriyatlarga hurmatsizlik uchun qonuniy javobgarlik tartibini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini milliy urf-odat, an’ana va qadim qadriyatlarga nisbatan hurmatsizlik uchun ma’muriy javobgarlikka oid normalar bilan to‘ldirish, o‘zbek tili keng qo‘llaniladigan, zamonaviy taraqqiyotga uyg‘un tilga aylanishi uchun huquqiy asoslarni kuchaytirish yuzasidan ham takliflar bildirdi.

– Nomzodning jismoniy shaxslarning sudga murojaati uchun davlat boji undirish amaliyotini bekor qilish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatlayman, – deydi Andijon shahridagi Gumbaz mahalla fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ra’noxon Hakimova. – Chunki ko‘plab fuqarolar mol-mulk, oilaviy, umuman, turli masalalar yuzasidan sudga murojaat qilishga qiynaladi. Ushbu taklif odamlarni qiynayotgan mazkur muammoni bartaraf etishga xizmat qiladi.