Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, A.Yusupov Prezidentning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish jinoyatida ayblanib, davlatlararo qidiruvga berilgan. U joriy yil aprel oyida Ozarbayjonda qoʻlga olinib, hibsga olingan edi.
Yusupov Ozarbayjon Adliya vazirligining maxsus konvoyi hamrohligida Oʻzbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.








