Bayonotda aytilishicha, 1969-yilda Baxmal tumanida tugʻilgan fuqaro V.K. internetning “YouTube” va “Facebook” tarmoqlarida “V.K.” (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri chiqishlar qilib, oʻz chiqishlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka notoʻgʻri talqin qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbari obroʻsiga putur yetkazish va kamsituvchi maʼlumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotganligi holati aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan DXX Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.