Prezidentning Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Germaniya Elchisi bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 29 Dekabr 2021 1734

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.

    Suhbat chogʻida Afgʻonistondagi vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatdagi gumanitar vaziyat muhokama qilindi.

    Germaniya Elchisi Oʻzbekistonning Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatishdagi muhim rolini taʼkidladi.

    T.Klinner Afgʻoniston boʻyicha yagona mintaqaviy yondashuv ishlab chiqilishida, mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish borasidagi Oʻzbekistonning saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

    Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi taʼlim sohasida, xususan, Termiz shahridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi orqali hamkorlik qilish istiqbollari ham muhokama etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.