Qarorga koʻra, Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
- “katta leytenant” – 3-yil;
- “kapitan” – 4-yil;
- “mayor” – 5-yil;
- “podpolkovnik” – 6-yil».
Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
- “bojxona xizmati katta leytenanti” – 3-yil;
- “bojxona xizmati kapitani” – 4-yil;
- “bojxona xizmati mayori” – 5-yil;
- “bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6-yil».
Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
- “katta leytenant” harbiy unvonida – 3-yil;
- “kapitan” harbiy unvonida – 4-yil;
- “mayor” harbiy unvonida – 5-yil;
- “podpolkovnik” harbiy unvonida – 6-yil».
Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
- “katta leytenant” – 3-yil;
- “kapitan” – 4-yil;
- “mayor” – 5-yil;
- “podpolkovnik” – 6-yil».









