Prezidentning Fargʻonadagi qabulxonasi rahbari vafot etdi

    Ijtimoiy hayot 17 Yanvar 2021 1780

    Oʻzbekiston Prezidentining Fargʻona viloyatidagi Xalq qabulxonasi rahbari Gʻulomjon Boborahimov 65 yoshida vafot etdi.

    Marhum Gʻulomjon Boborahimov 1956-yil 27-mart kuni Fargʻona tumanida tugʻilgan boʻlib, isteʼfodagi polkovnik, uzoq vaqt davomida ichki ishlar idoralarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

    Taʼkidlanishicha, u 2020-yil 18-fevral kuni Fargʻona viloyati Xalq qabulxonasi rahbari lavozimiga tayinlangan. Undan avval esa Fargʻona shahar Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.