Prezident Administratsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa idoralarning yetakchi mutaxassislaridan tuzilgan shtab tarkibida “Sall-markaz”, Tahlil, ijro va nazorat guruhi hamda Media markaz faoliyat olib bormoqda.

1295 qisqa raqamli “Sall-markaz”ga shu kunga qadar jami 2055 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 74 foizi oʻz yechimini topgan boʻlsa, 26 foizi ijro jarayonida.

Yoʻllanayotgan murojaatlar tibbiyotning deyarli barcha yoʻnalishlarini qamrab olyapti. Misol uchun:

      • 437 tasi sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻiniga,
      • 123 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga,
      • 120 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga daxldor.

Shu kungacha:

      • birlamchi tibbiy yordam xizmati boʻyicha 248 ta;
      • tez tibbiy yordam xizmati boʻyicha 101 ta;
      • ixtisoslashgan markazlar faoliyati boʻyicha 80 ta;
      • tibbiyotning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha 467 ta murojaat oʻz vaqtida hal qilindi.

Shuningdek, Toshkent shahridan kelib tushgan 168 ta murojaatdan 146 tasi (87 foizi) oʻz yechimini topgan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hissasiga toʻgʻri kelayotgan 1042 ta murojaatdan 750 tasi(72 foizi)ning ijrosi taʼminlandi.

Yana bir yangilik. Tibbiyot xodimlari endi oʻz murojaatlarini quyidagi elektron manzillar orqali ham yoʻllashlari mumkin:

Telegram: @SSV_Call_centre_bot
E-mail: insonqadriuchunssv@mail.ru
Facebook: www.facebook.com/Insonqdriuchunssv
Instagram: https://www.instagram.com/inso...

Tahlil, ijro va nazorat guruhi tomonidan ayni shu tarmoqlar orqali kelib tushayotgan taklif va murojaatlar ham oʻrganilib, mutaxassislar ishtirokida joylarga chiqqan holda ijrosi taʼminlanmoqda.

Hurmatli tibbiyot xodimlari!

Agar tibbiyot sohasiga oid gʻoya va takliflaringiz boʻlsa, “Sall-markaz”ning maxsus 1295 raqami hamda yuqoridagi elektron manzillarga murojaat qiling. Ularning hech biri eʼtibordan chetda qolmaydi!

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.