«Hurmatli hamkasblar, bu haftada ham muhim tadbirlarimiz koʻp.

Bugun davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot oʻtkaziladi. Shuningdek, hafta davomida sogʻliqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha videoselektor oʻtkazilishi moʻljallangan.

Xalqaro tadbirlar rejasiga kelsak, bu hafta Prezidentimiz Yaponiya yetakchisi hamda mintaqamiz mamlakatlari rahbarlari bilan muloqotlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Mana, muborak Ramazon oyi tugashiga ham oz vaqt qoldi. Shu kunlarda hurmatli Prezidentimizga Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi boʻyicha axborot beriladi. Qabul qilinadigan qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi», dedi Sherzod Asadov.