Qarorga koʻra, 2017-yil 1-dekabrdagi Shanxay hamkorlik tashkilotining byudjetini shakllantirish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi shartnoma tasdiqlandi.
Shartnoma 2024-yil 16-oktyabr kuni Islomobod shahrida imzolangan
Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.