Primoryeda sayyohlar avtobusi yo'l transport hodisasiga uchradi, ikki kishi halok bo'ldi

    Primoryeda (Rossiya Federatsiyasi) sayyohlar avtobusi ag'darilib ketdi. Yo'l transport hodisasi oqibatida ikki kishi qurbon bo'ldi, 40 kishi jarohat oldi.

    Avtobus Xitoydan Ussuriyskga ketayotgan edi. Xasan tumanida boshqaruvni yo'qotib, qiyalikkaa sirg'alib ketgan. Salonda 50 ga yaqin yo'lovchi bo'lgan – ularning barchasi rossiyaliklar, biroq haydovchi Xitoy fuqarosi bo'lgan.

    Ayni paytda voqea joyida bir necha tez yordam brigadalari ishlamoqda, shuningdek, tibbiy vertolyot ham havoga ko'tarilgan, deb xabar beradi mir24.tv.