Bu haqda viloyat gubernatori Oleg Kojemyako ma'lum qildi.
Hozirda odamlar vaqtinchalik joylashtirish markazlariga olib borilib, jabrlanganlar ro'yxati tuzilmoqda. Ularga birinchi navbatda insonparvarlik yordami ko'rsatiladi. Suv pasayganidan keyin komissiyalar zararni aniqlashga kirishishadi. Uyidan ayrilganlarning barchasiga moddiy zarar qoplab beriladi.
Andreevka qishlog'idagi dam olish markazini okean suvi yuvib ketdi.
Oxirgi 24 soat ichida transport aloqasidan uzilgan qishloqlar soni 4 baravarga oshib, 37 taga yetdi. Elektr ta'minotidagi uzilish tufayli Naxodkaning 20 mingga yaqin aholisi elektrsiz qolgan. Shuningdek, tabiiy ofatdan eng ko'p jabr ko'rgan Xason tumanidagi 15 ta qishloq elektr energiyasidan mahrum bo'ldi. Suv oqimlari uylarga zarar yetkazdi, ko'priklarni vayron qildi. Yo'llar, shuningdek, Ussuri federal magistralining Razdolnoye qishlog'i yaqinidagi qismi suv ostida qolgan.
Suv toshqini tufayli yo'lovchi poyezdlari kechikmoqda, shaharlararo avtobuslar qatnamayapdi. Ayrim ichki reyslar ham bekor qilingan. Yordam berish uchun Kamchatka va Xabarovsk o'lkasidan yangi qutqaruvchilar guruhlari yetib keldi. Siklon oqibatlari tufayli mintaqada federal' darajada favqulodda holat joriy etildi, deb xabar beradi mir24.tv.









