Probatsiyani amalga oshirishga koʻmaklashgan shaxslar ragʻbatlantirilishi mumkin

    Farmon (PF-65-son, 10.04.2025-y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Unga koʻra, Ichki ishlar vaziriga quyidagi ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash huquqlari berildi:

    —probatsiyani amalga oshirishga koʻmaklashgan davlat organlarining, muassasalarining va tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni hamda fuqarolarni ragʻbatlantirish;
    —jamoat xavfsizligini taʼminlashda oʻzining munosib hissasini qoʻshgan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozim maoshining 1 baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik mukofot bilan ragʻbatlantirish.