Professional taʼlim tizimida Germaniya loyihasi qoʻllaniladi

    Ta'lim 15 Oktabr 2021 1202

    Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” vakillari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining masʼul xodimlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” xalqaro hamkorlik tashkiloti Germaniya Federativ Respublikasining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligining grant mablagʻlari asosida Oʻzbekiston oliy va professional taʼlim tizimida yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish va moliyaviy savodxonligini rivojlantirish boʻyicha “Responsible Finance” (Masʼuliyatli moliya) nomli yangi loyihaning amalga oshirilishi maʼlum qilindi.

    Shu bilan birga moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish, atrof muhitga eʼtiborli boʻlish, resurslardan oqilona foydalanish, iqtisodiy tejamkorlik va kelajak uchun hayotiy koʻnikma va bilimlarini oshirish boʻyicha seminar treninglar tashkil etish, taʼlim tizimining oʻquv metodik taʼminotini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

    Uchrashuvda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan “German Sparkassenstiftung” xalqaro hamkorlik tashkiloti birgalikda “Responsible Finance” (Masʼuliyatli moliya) loyihasini birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

    Ushbu loyiha professional taʼlim tizimidagi islohotlarni qoʻllab quvvatlagan holda tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik boʻyicha yangi bilim va tajribalarni oʻrgatishda yaqindan koʻmak beradi.