Professor Sulaymon Inoyatov vafot etdi

    Buxoro davlat universiteti professori, tarixchi olim, mohir pedagog Sulaymon Inoyatovich Inoyatov 87 yoshida vafot etdi.

    Maʼlumotlarga koʻra, olim 10 ta monografiya, 15 dan ziyod oʻquv-uslubiy qoʻllanma hamda 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Oʻn minglab shogirdlarning sevimli ustozi. Professor Sulaymon Inoyatov 2023-yilda Prezident farmoniga muvofiq “El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan edi.

    “Yuz.uz” jamoasi marhumning yaqinlari, doʻstlari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.