Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligidagi tadbirda Uchtepa tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori 1995-yilda tug‘ilgan fuqarodan noqonuniy ravishda 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlanishicha, inspektor 2025-yil dekabr oyida ushbu fuqaroга tegishli MChJ hujjatlarini soxtalashtirish orqali IT xizmatlari ko‘rsatish bahonasida chet el fuqarosidan 450 ming AQSH dollari olgan 1990-yilda tug‘ilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va uni javobgarlikka tortishni vaʼda qilib, pul talab qilgan.

Shuningdek, joriy yil fevral oyida ichki ishlar organlari tomonidan mazkur MChJ bilan bog‘liq firibgarlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgani maʼlum bo‘ldi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.