Xususan, “Shalola” mahallasi Qodirova ko‘chasidagi 2-uyning birinchi podyezdi tomiga chiqqan fuqaro bilan profilaktika inspektori, leytenant R.O. Dusmatov hamda patrul-post xizmati xodimi J.T. Jumanov muloqot o‘rnatdi.

Xodimlarning tezkor va mas’uliyatli harakatlari natijasida fuqaro xavfsiz tarzda pastga tushirilib, uning hayoti saqlab qolindi.

Hozirda holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.