IVV axborot xizmatining maʼlum qilishicha, gumonlanuvchi Yu.Xolbozorov joriy yilning 4-iyul kuni soat taxminan 06:30 larda Xoʻjaobod tumanida joylashgan “Yuksalish” mahallasi «Soʻqoloq« qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotgani aniqlangan. Qoʻlga olish jarayonida u oʻzining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga olib borilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Jinoyatchini qoʻlga olishda koʻmaklashgan fuqarolarga Ichki ishlar vazirligi nomidan minnatdorchilik bildiramiz«, deydi IIV matbuot kotibi.