Unda tegishli vazirlik va idoralar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirok etdi.
Qonun loyihasi Prezidentimizning 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan. Shunga muvofiq, Jinoyat-protsessual kodeksining 391, 3812-moddalariga elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha tergov va surishtiruv vazifalarini Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari zimmasiga yuklashni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.
Shu bilan birga, elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish holatlari asosan joylarda aholi tomonidan sodir etilishini inobatga olib, ularning oldini olish va surishtiruv oʻtkazish maqsadida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2453, 248-moddalariga surishtiruvga tegishlilik hamda maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika (katta) inspektorlariga taalluqliligi belgilanmoqda.