Endilikda:
profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, staji va tajribasini inobatga olgan holda mahallaga biriktirish hamda mahalla orasida rotatsiya qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi (profilaktika inspektori lavozimidan katta profilaktika inspektori lavozimiga oʻtkazish bundan mustasno);
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmatining huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari hamda ijtimoiy profilaktika boʻlim boshliqlari IIV Jamoat xavfsizligi departamentining Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi (yuqori turuvchi rahbarlik lavozimiga oʻtkazish holatlari bundan mustasno).
Shuningdek “Ichki ishlar vazirligi moliya va moddiy texnika taʼminoti bosh boshqarmasi maishiy ishlab chiqarish kombinati” DUK davlat aksiya paketlari (ulushlari) toʻliqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar roʻyxatidan chiqariladi.
Tibbiyot xodimlariga belgilangan moddiy ragʻbatlantirish tartibi 2024-yil 1-yanvardan boshlab IIV tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus harbiy unvonga ega boʻlgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 20-noyabrdan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.