Toshkent viloyati hududida jami 828 ta moddiy madaniy meros ob’yektlari mavjud.
Shundan, 588 ta arxeologiya yodgorliklari, 7 ta arxitektura yodgorliklari, 74 ta monumental san’at yodgorliklari, 159 ta diqqatga sazovor joylar hisoblanib, ularning barchasi davlat muhofazasiga olingan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, joriy yilning o‘tgan davrida madaniy meros ob’yektlarining muxofazasi bilan bog‘liq 5 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, prokuratura organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar davomida jami 2,6 gektar yer maydonlaridagi noqonuniy ob’yektlar bartaraf etilgan, noqonuniy egallab olingan 1,2 gektar yer maydonlari madaniy meros ob’yektlariga qaytarilishi ta’minlangan.