“Prokuratura polvoni” musobasi gʼoliblari aniqlandi

    Oldin xabar berganimizdek, Toshkent shahrida kurash haftaligi boʼlib oʼtmoqda.

    Bugun haftalikni – “Prokuratura polvoni” musobaqalari boshlab berdi.

    Unda ayollar: -57kg, -63 kg, +63 kg; erkaklar: -66 kg, -81 kg, -90 kg, +90 kg vazn toifasida oʼzaro bahs olib bordilar.

    Musobaqada respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 100 ga yaqin prokuratura xodimlari gʼoliblik uchun gilamga chiqdilar. Musobaqaning ochilish marosimi ham tantanali tarzda boʼlib oʼtdi.

    Taniqli sanʼatkorlar chiqishlari bilan hamohang holda faxriy polvonlar va yosh polvonlarning koʼrgazmali chiqishlari tadbir ishtirokchilariga koʼtarinki kayfiyat baxsh etdi.

    Murosasiz bellashuvlarga boy boʼlgan musobaqa gʼoliblari aniqlanib, ularga qimmatbaho sovgʼalar, pul mukofotlari, diplom va medallar taqdim etildi.

    Musobaqadan koʼzlangan maqsadga erishildi, desak mubolagʼa boʼlmaydi.Chunki kurashimizni ommalashtirish, har bir oilaga kurash orqali sogʼlom turmush tarzini olib kirish, prokuratura xodimlarini milliy sportimizga jalb etishga erishildi. Yakunlar esa quyidagicha:

    Erkaklar:

    -66 kg

    1. Xayitmurodov Oybek – Toshkent viloyati MIB

    2. Roʼziyev Suyarbek – Qashqadaryo viloyati prokuraturasi

    3. Xayitaliyev Muxriddin – Surxondaryo viloyati departamenti

    4. Muxammedov Kamron – Respublika bosh prokuraturasi

    -81 kg

    1.Boboqulov Аzizjon – Navoiy viloyati prokuraturasi

    2. Sadinov Gʼulom – Samarqand viloyati prokuraturasi

    3. Аlixonov Аbdulaziz – Toshkent viloyati prokuraturasi

    4. Rametullayev Rasul – Qoraqolpogʼiston Respublikasi prokuraturasi

    -90 kg

    1. Аzimov Аkmal – Respublika bosh prokuraturasi

    2. Safarov Аbdulaliz – Jizzax viliyati prokuraturasi

    3. Joʼrayev Umid – Qashqadaryo viloyati departamenti

    4. Muxtorov Nurbek – Qashqadaryo viloyati prokuraturasi

    +90 kg

    1. Ismoilov Ulugʼbek – Surxondaryo viloyati MIB

    2. Mamatraximov Uchqun – Surxondaryo departamenti

    3. Xakimov Shoxruxmirzo – Toshkent viloyati prokuraturasi

    4. Sharipov Doniyor – Respublika bosh prokuraturasi

    Аyollar:

    -57 kg

    1. Turdaliyeva Xurshidaxon – Namangan viloyati davlat ijrochisi

    2. Poʼlatova Аziza – Surxondaryo viloyati davlat ijrochisi

    3. Saparbayeva Kamila – Qoraqolpogʼiston Respublikasi prokuraturasi

    -63 kg

    1. Gʼofurova Nilufar – Namangan viloyati prokuraturasi

    2. Fayzimurodova Laylo – Respublika bosh prokuraturasi

    3. Mirzayeva Klara – Toshkent viloyati prokuraturasi

    +63 kg

    1. Koʼcharova Zarnigor – Surxondaryo viloyati MIB

    2. Аbdumuratova Dinara – Jizzax viloyati prokuraturasi

    3. Toʼlaganova Saboxat – Surxondaryo viloyati MIB

    4. Qurbonova Svetlana – Respublika bosh prokuraturasi