Qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, ishlarni nazorat tartibida koʻrish instansiyasi tugatildi.

Investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarning iqtisodiy sudlarga taalluqli ekanligi belgilandi.

Ishlar investitsiyaviy nizo boʻyicha yirik investorning, raqobatga oid ish boʻyicha taraflarning xohishiga koʻra Oliy sud tomonidan koʻriladi.

Prokurorlarning barcha sud majlisida ishtirok etish huquqi bekor qilindi. Endilikda prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning daʼvo arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.

Biznes ombudsmanga hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berish huquqi berildi.

Bundan tashqari, Oliy sud sudyasi kassatsiya shikoyati boʻyicha iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli ekanligi belgilandi.

Nazorat instansiyasi bekor boʻlgan boʻlsada, kassatsiya tartibida koʻrilgan ish takroran koʻrilishi mumkin, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.