Qayd etilishicha, hodimlar xizmat vaqtida, shubhali harakat qilgan 22 yoshlar atrofidagi ikki nafar shaxslarni kuzatganlar. Kuzatuv davomida xodimlardan qochishga uringan 2003-yilda tugʻilgan (M.A. va J.M.)lar ushlanib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Natijada ularning yonidan 520 dona qadoqlangan holatdagi kuchli taʼsir qiluvchi, psixofaol dori vositalari borligi aniqlanib, IIB tezkor xodimi ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.
Aniqlanishicha ushbu shaxslar mazkur vositalarni hududning xufiyona joylarida “zakladka“ koʻrinishida yashirish maqsadida olib kelganlar.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.